Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiya zaxiralari maktablariga qabul qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Maktab-internatga o‘quvchilar tanlov asosida 6-sinfdan qabul qilinadi.
O‘quvchilar 20 iyun – 20 iyul mobaynida quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
• o‘quvchining ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan maktab-internat direktori nomiga ariza;
• tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
• tibbiy ma'lumotnoma;
• turar joyidan ma'lumotnoma;
• 3,5 x 4,5 hajmdagi 8 ta rangli fotosurat.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi va umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun – 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun – 70 ball ajratiladi.
Kasbiy imtihonlar 21 iyul – 28 iyul mobaynida o‘tkaziladi va natijalar 1 avgustda e'lon qilinadi.
Natijalardan norozi bo‘lgan shaxslar uch kun muddatda maktab-internatning qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Quyidagi holatlarda o‘quvchining o‘qishi maktab-internatdan boshqa ta'lim muassasasiga ko‘chiriladi:
• o‘z xohishiga ko‘ra;
• attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra;
• tibbiy nomuvofiqlik bo‘lganda – vrach xulosasiga ko‘ra;
• o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda.
Mavzuga oid
11:30 / 09.07.2025
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
10:23 / 09.07.2025
O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025