O‘zbekiston | 11:30 / 09.07.2025
1390
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi

“2028 yil Los-Anjyeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Foto: Videodan kadr

2025-2026 o‘quv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, 2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat ko‘rsatadi.

2026 yildan:

  • markaz o‘quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;
  • markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji o‘quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida oylik stipendiya ta’sis etiladi.

Olimpiya o‘yinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid