Jamiyat | 15:13 / 18.08.2018
30196
6 daqiqa o‘qiladi

"OSIYO"ga sayohat: kolbasa va go‘sht mahsulotlari qanday tayyorlanadi?

15 avgust kuni poytaxtdagi “Makro” supermarketlar tarmog‘ining ishchi xodimlari "OSIYO" korxonasiga tashrif buyurishdi. 

O‘z faoliyatida sifat va halollikni shior sifatida ko‘ruvchi korxona eshiklari barcha uchun ochiq, shu bois mijozlar, savdo tarmoqlari xodimlari "OSIYO"ga tez-tez sayohat uyushtirib turishadi.

"OSIYO" korxonasi O‘zbekistondagi go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mashhur brendlardan biri bo‘lib, unga 2006 yilning 25 yanvar kuni asos solingan.

Korxonaga sayohat

Zavodga kirib borar ekansiz, sanitariya-gigiyena talab va me'yorlariga qat'iy amal qilinishi e'tiboringizni tortadi. Har bir xodim va mehmonlar ishlab chiqarish sexiga kirishdan avval maxsus kiyim kiyishi, shu bilan birga, sanitar zararsizlantiruvchi elektron uskunadan o‘tishi lozim.

Sayohatimiz go‘sht qabul qilish bo‘limidan boshlandi. Sababi - halol va sifatli kolbasa mahsuloti tayyorlanish jarayonining birinchi bosqichi ham aynan go‘sht tanlashdan boshlanadi.

Kompaniyada go‘shtning sifatiga katta ahamiyat beriladi. Shu bois tirik mollarni ko‘rikdan o‘tkazish va ularning halol so‘yilishi alohida nazorat qilib boriladi.

Raqobat o‘sib, mijozlarda tanlov imkoniyati kengayib borayotgan bir sharoitda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatli bo‘lishidan korxona ham manfaatdor, albatta.

Shu bois ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar korxona ichidagi laboratoriyada mutaxassislar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

Shunday qilib, qabul qilib olingan go‘sht ishchilar tomonidan suyagidan ajratiladi, maydalanadi, marinovka qilinadi va shakl beriladi. Ushbu jarayonlardan o‘tgach, kolbasa batonlari pishirish bosqichiga o‘tadi.

Pishirish jarayoni ham mutaxassis ishchilardan alohida e'tibor va professionallikni talab qiladi. Kolbasa batonlari turiga qarab turli  haroratdagi suvda pishiriladi.

 

Tayyor bo‘lgan mahsulotlar sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng kolbasa batonlari turiga qarab +5 va  -20 haroratgacha bo‘lgan turli sovutgichlarga joylashtiriladi.

Biz "OSIYO"kolbasa va go‘sht mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishgan sayohatchilarning fikrlari bilan qiziqdik:

“Ishlab chiqarish jarayonidagi xodimlarning professionalligi tahsinga sazovor. Qaysi korxona o‘z faoliyatini professional tarzda tashkil qilib, davom ettirsa, albatta muvaffaqiyatga erishadi”, - deydi  suhbatdoshimiz Matluba Azizova.

Yana bir sayohatchi esa zavoddagi ichki muhitni jiddiy kuzatgan ko‘rinadi. “Zavoddagi muhitning o‘zi o‘ta ko‘tarinki va kishini o‘ziga jalb qiladi, xodimlarning ham ko‘ngli ochiq va samimiy”,- deydi Malika Qayumova.

“O‘tgan yili Toshkentda “Osiyo” korxonasiga tegishili halol va sifatli go‘sht hamda delikates mahsulotlari sotiladigan butik - Meat Boutique do‘konining ochilganida qiziqish tufayli tashrif buyurgandim. Endi esa korxonadagi ish jarayonini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Bugun “Osiyo”mahsulotlariga ishonchim yanada ortdi”, - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Matluba Majitova.

Ishlab chiqarish jarayoni bilan batafsil tanishilgach, sayohatchilar va korxona menejyerlari o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ishchilarga korxona haqida to‘liqroq, tayyor maxsulotlarni iste'molchiga yetkazib berish jarayoni, "OSIYO" korxonasining kelgusi rejalari haqida ma'lumot berildi.

Mehmonlar muloqotdan so‘ng korxonada  ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tatib ko‘rib, uni baholash imkoniga ham ega bo‘ldilar.

 

Shuningdek, sayohatchilarning fikri, ishlab chiqarish jarayonini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglandi.
Mehmonlarga korxonaning ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"OSIYO" kolbasa va go‘sht mahsulotlari korxonasi mehmonlari sayohatni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlashdi. Eng muhimi ularda korxonada ishlab chiqarilayotgan kolbasa va go‘sht mahsulotlariga nisbatan ishonch yanada mustahkamlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 24 dekabr kuni korxona qoshida halol va sifatli go‘sht hamda delikates mahsulotlari sotiladigan butik - Meat Boutique do‘konini o‘z faoliyatini boshlagan edi.

                                                                                                                                                                                                                  Reklama huquqi asosida

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish