Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Foto: Reuters
Pokistonning “Tahrik al-Insof” (Adolat uchun harakat) partiyasi yetakchisi Imron Xon 18 avgustda Pokistonning 22-sonli bosh vaziri sifatida qasamyod keltirdi.
Xondan qasamyodni mamlakat prezidenti Mamnun Husayn qabul qilib olgan. Marosimda Qur'ondan oyatlar o‘qilgan va Pokiston madhiyasi yangragan. Marosim Islomoboddagi prezident saroyida bo‘lib o‘tgan. Unda rasmiy shaxslardan tashqari, yangi bosh vazirning sport faoliyatidagi do‘stlari ham ishtirok etishgan. So‘ngra Xon Pokiston bosh vaziri ofisiga yo‘l olgan.
Imron Xon 17 avgustda Pokiston bosh vaziri lavozimiga saylandi. Unga 272 deputatdan 176 nafari ovoz bergan. Uning asosiy raqibi Shoxboz Sharifga 92 ovoz berilgan.
Xon 1971 yildan 1992 yilgacha professional sport bilan shug‘ullanib, kriket bo‘yicha Pokiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan va unga 10 yil sardorlik qilgan. 1992 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:42 / 23.01.2026
Pokistonda qolgan afg‘onlar kompensatsiyadan ko‘ra ko‘chishni afzal ko‘ryapti
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
01:00 / 21.12.2025