Pokistonda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosi S.J. Özbekiston elçixonasi diplomatlari kömagida vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Şu yil fevral oyida S.J. Özbekistonga qaytişda yordam sörab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. Aniqlanişiça, u 2005 yildan buyon Pokiston hududida vizasiz noqonuniy yaşab kelgan va oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan.
Ayol 2005 yilda Pokiston fuqarosi bilan turmuş quriş maqsadida uşbu mamlakatga borgan. Şu yilning özida turmuş örtoği YTHga uçrab, nogiron bölib qolgan. Şundan buyon u turmuş örtoğini parvarişlab kelgan. Hozirgi kunda turmuş örtoğining salomatligi nisbatan yaxşilangan bölsa-da, nogironlik holati qisman saqlanib qolgan.
Örganişlar davomida haqiqatda ham ayolning moliyaviy imkoniyatlari çeklangani, u faqat kundalik rözğor xarajatlarini qoplaş imkoniyatiga ega ekani ma’lum bölgan.
Elçixona uning şaxsi va fuqaroligini tasdiqlagan. Şundan söng, Özbekistonga qaytişi uçun sertifikat rasmiylaştirilgan. Pokiston Içki işlar vazirligi mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ayolning 21 yil davomida vizasiz noqonuniy yaşagani uçun belgilangan 8 400 AQŞ dollari miqdoridagi jarima bekor qilingan va unga mamlakatni tark etiş uçun ruxsat olingan.
Bundan taşqari, diplomatik missiya kömagida S.J. uçun aviaçipta sotib olinib, 2 may kuni Özbekistonga qaytarilgan.












