Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
Guvohlarning so‘zlari va mahalliy hokimiyatning bayonotiga ko‘ra, zarba minomyotlar va raketa qurilmalaridan berilgan.
Foto: Reuters
Afg‘oniston hukumati Pokistonni Kunar viloyatidagi universitetni ommaviy o‘qqa tutishda ayblamoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan, 75 kishi yaralangan, deb xabar berdi BBC.
Kunar universiteti 26 aprel kuni o‘qqa tutildi. Guvohlarning so‘zlari va mahalliy hokimiyatning bayonotiga ko‘ra, zarba minomyotlar va raketa qurilmalaridan berilgan. Ayrim manbalarda aviatsiya va dronlar qo‘llanilgani haqida aytilgan. Jabrlanganlar orasida talabalar va o‘qituvchilar bor.
Universitet professorlaridan biri portlashlar juda kuchli va kampus hududida sodir bo‘lganini aytdi. Pokiston ayblovlarni butunlay rad etib, ularni «soxta va asossiz» deb atamoqda.
Bu voqe Pokistonning Kobuldagi giyohvandlarni reabilitatsiya qilish markaziga yana bir bahsli zarbasidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘ldi, oqibatda BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 269 kishi halok bo‘lgan edi.
Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi mojaro 2021 yilda Afg‘onistonda «Tolibon» hokimiyatga kelganidan keyin keskinlashdi.
Mavzuga oid
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
20:53 / 15.05.2026
Pokiston Qoraqalpog‘istonda qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:32 / 15.05.2026