Texnologiya | 22:15 / 18.08.2018
21316
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bepul Wi-Fi tizimi paydo bo‘ladi

Foto: Fotolia

Yaqin orada Toshkentda bepul Wi-Fi tizimi paydo bo‘ladi. Toshkent hokimiyati ma'lumotlariga ko‘ra, IT kompaniya hokimiyatning turizmni rivojlantirish departamenti va Jamoatchilik kengashi ko‘magida Sayilgoh ko‘chasida bepul Wi-Fi o‘rnatadi.

Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa, unda bepul Wi-Fi poytaxtning qolgan gavjum hududlarida ham paydo bo‘lishi mumkin.

Yangi loyiha TasNet.uz deb atalib, uning yordamida AQShning Ubiquity kompaniyasi uskunalari negizida Wi-Fi tizimini kafe, restoran va mehmonxonalarda o‘rnatish mumkin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid