Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
Xalqaro konsalting kompaniyasi Boston Consulting Group (BCG) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida qayd etildi. Poytaxt “o‘zgarish sur’ati” ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonning bir qator yirik shaharlarini ortda qoldirib, yuqori o‘rinlardan birini egallagan.
BCG tomonidan tayyorlangan tadqiqotda dunyoning turli shaharlari iqtisodiy imkoniyatlar, yashash sifati, ijtimoiy kapital, davlat boshqaruvi bilan o‘zaro munosabatlar hamda o‘zgarishlarga moslashish sur’ati kabi mezonlar asosida baholangan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, Toshkent “o‘zgarish sur’ati” yo‘nalishida Xitoyning Shenchjyen shahri va Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan keyingi yuqori pog‘onani egallagan. Bu esa so‘nggi yillarda shaharda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya jarayonlari xalqaro darajada ham e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.
Tadqiqot mualliflari Toshkentning yuqori natijalarini avvalo iqtisodiy faollikning o‘sishi, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi hamda davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi bilan izohlagan. Shuningdek, aholi va davlat idoralari o‘rtasidagi muloqot mexanizmlarining takomillashib borayotgani ham muhim omil sifatida qayd etilgan.
So‘nggi yillarda Toshkentda transport infratuzilmasini yangilash, yangi turar joy massivlari va jamoat hududlarini barpo etish, raqamli davlat xizmatlarini keng joriy qilish hamda investitsiyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, xalqaro reytinglarda qayd etilayotgan bunday natijalar Toshkentning mintaqadagi iqtisodiy va shaharsozlik markazlaridan biri sifatidagi nufuzi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026