O‘zbekiston | 21:02 / 19.08.2018
10276
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon IIB o‘quv taktik mashg‘ulot o‘tkazdi

Andijon shahri hududida ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha viloyat IIB, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, hokimiyat, FVB va boshqa aloqador idoralar ishtirokida o‘quv-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati.

Mashg‘ulot davomida qurollangan va xavfli jinoyatchilarni qidirish, aniqlash hamda jinoiy harakatlarning oldini olish, ularni qurolsizlantirish va qo‘lga olish, ommaviy tartibsizliklar davomida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha harakatlar yuqori darajada amalga oshirildi.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibining hamkorlikdagi xizmatlar bilan  harbiy tayyorgarligini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, jangovar ruhini ko‘tarishdan iborat. 

O‘quv-taktik mashg‘ulotida qo‘yilgan maqsadlarga erishilib, Andijon shahri boshqaruv organlarining hamkorlikdagi amaliy harakatlari bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 

Mavzuga oid