Jahon | 18:23 / 20.08.2018
4178
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus yangi bosh vaziri «inqilobiy o‘zgarishlarni» kutmaslikka chaqirdi

Belarusning yangi bosh vaziri Sergey Rumas mamlakatda «inqilobiy o‘zgarishlar»ni kutmaslikka chaqirdi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

Sergey Rumas
Foto: TASS

«Qabul qilingan qarorlar bo‘yicha qandaydir reviziyalarni yoki inqilobiy o‘zgarishlarni kutish kerak emas», - deya ma'lum qildi Rumas Vazirlar kengashi apparati xodimlariga hukumatning yangilangan tarkibi tanishtirish chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat oldida turgan barcha vazifalar ma'lum va dasturiy hujjatlar aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarus bosh vazirini almashtirgani xabar qilingandi

Mavzuga oid