Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov BMT kotibiyatining maxfiy taqiqi haqida gapirdi
Foto: Reuters
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, BMT kotibiyati o‘z bo‘linmalariga Suriyadagi infratuzilmani tiklashda ishtirok etishni maxfiy tarzda taqiqlab qo‘ygan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Uning iddao etishicha, Suriyani tiklashda insonparvarlik yordami bilan ishtirok etishni cheklovchi maxfiy direktiva 2017 yilning kuzida BMT tomonidan chiqarilgan.
«Ma'lum bo‘lishicha, BMT kotibiyatining siyosiy departamenti haqiqatdan ham o‘tgan yil oktabr oyida tizimga kiruvchi tashkilotlarga Suriya iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha qandaydir loyihalarda ishtirok etishni taqiqlovchi direktivani chiqardi va BMT tizimida tarqatdi», - degan Lavrov.
Uning ta'kidlashicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z bo‘linmalariga Suriyani tiklash ishlari bilan «faqatgina siyosiy o‘tish deb atalmish jarayonda muvaffaqiyatga» erishilganidan so‘ng ruxsat beradi.
Mavzuga oid
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
13:59 / 21.01.2026
«Qoidalarni ‘kollektiv G‘arbʼ emas, uning bitta vakili yozmoqda» – Lavrov AQSh, NATO va Tramp haqida
11:54 / 21.01.2026