19:17 / 21.08.2018
16327

Dunyodagi eng ommabop avtomobillar ma'lum qilindi

Foto: Toyota

2018 yilning birinchi yarmida Toyota Corolla jahon bozorida eng ommabop avtomobil nomini saqlab qoldi. Olti oy davomida Yaponiya modeli 610 661 dona nusxada sotilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 0,4%ga kam. Tegishli ma'lumotlar focus2move tomonidan keltirilgan.

Ikkinchi o‘rinni 536 461 dona nusxa bilan (+3.2%) Ford F-Series egalladi, uchinchi qatorda 441 948 dona natija (+0.8%) bilan Volkswagen Golf joylashdi. U Yevropadagi eng ko‘p sotiladigan brend nomini o‘zida ushlab turibdi. Honda Civic (424 688 dona, +7,2%) to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Toyota RAV4 (408 703 dona, +7,5%) beshinchi o‘rindan joy oldi.

Bundan tashqari, jahon bozorida eng ommabop avtomobillar ichida Volkswagen Tiguan (405 085 dona, +16,3%), Volkswagen Polo (375 795 dona, +8,3%), Honda CR-V (337 802 dona, -4,0%), Toyota Camry (337 107 dona, +6,3%), shuningdek, Chevrolet Silverado (323 107 dona, +8,9%) bor.

Umuman olganda, yanvar-iyul oylarida dunyoda 48 million yangi yengil avtomobil sotildi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga ko‘pdir. Jahon bozorida avtomobil savdosi qatorasi to‘qqizinchi yil o‘sishda davom etmoqda.

 

Top