100 kmga 4,5 litr benzin - Toyota Corolla Cross gibrid krossoveri taqdim etildi

Foto: Toyota
Toyota kompaniyasi 6 avgust kuni Xitoyda gibrid krossover — Toyota Corolla Cross’ni taqdim etdi. Bungacha ushbu modelning faqat benzinda harakatlanadigan versiyasi ishlab chiqarilar edi.
Corolla Cross 2 litr hajmli benzinda harakatlanadigan dvigatel bilan jihozlangan, o‘z navbatida u elektromotor bilan hamkorlikda ishlaydi. Dvigatellar jami 195 ot kuchini beradi. Krossover 100 km masofaga 4,56 litr benzin sarf qilishi qayd etilgan.
Mashinaning uzunligi 4460 mm, eni 1825 mm, bo‘yi 1620 mmni, g‘ildiraklar bazasi esa 2640 mmni tashkil qiladi. Yukxona sig‘imi esa 427 litrni tashkil qiladi.
Avtomobil xaridorlarga 6 xil komplektatsiyada taqdim qilinadi. Bazaviy versiya uchun 19,5 ming dollar narx belgilangan. Top komplektatsiya uchun 25,9 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi.
Top versiya teridan ishlov berilgan salon, 10,25 dyuymlik mediatizimni boshqarish displeyi bilan ta’minlangan. Shuningdek, Apple CarPlay va Huawei HiCar kabi interfeyslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, unda T-Pilot va Toyota Connect kabi qulayliklar ham joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
Jahon | 18:28
-
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
Jamiyat | 18:24
-
Chexiya bosh vazirining X’dagi akkaunti buzib kirildi va u orqali feyk postlar e’lon qilindi
Jahon | 18:21
-
Zelenskiy frontda xitoylik askarlar asirga olinganini ma’lum qildi
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

10:57 / 18.05.2024
Toyota Corolla’dan tortib Chevrolet Impala’gacha – Avtosanoat tarixida eng ko‘p sotilgan avtomobillar

14:31 / 07.12.2023
Dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobil – 57 yilda ham eskirmayotgan Toyota Corolla tarixi

18:58 / 02.03.2023
Dunyodagi eng xaridorgir avtomobillar o‘ntaligi tuzildi

23:28 / 07.05.2019