Jamiyat | 09:51 / 21.08.2018
7524
1 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz barchani hayit ayyomi bilan qutlaydi 

Kun.uz tahririyati barcha o‘quvchilarini Qurbon hayiti ayyomi bilan tabriklaydi.

Tahririyat jamoasi sizlarni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etadi. Ushbu saodatli kunlarda Allohdan mo‘min-musulmonlarning duo-iltijolari, savob amallarini husni qabul aylashi hamda vatanimizni yanada obod, xalqimiz farovonligini ziyoda qilishini so‘raymiz.

Har bir uy, har bir inson bu kuni nur va ezgu taratgudek. Bir birimizga mehr, shodlik va ezgulik ulashamiz. 

Kun.uz tahririyati xodimlari har doim yaxshi kunlarda birga bo‘lishni va xonadonlardagi tinchlik-xotirjamlik bardavom bo‘lishining tilakdoshi. Xonadoningizda tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka va yaxshilik bo‘lishini tilaymiz. 

Yana bir bor barchamizga Iyd Qurbon hayiti qutlug‘ bo‘lsin!

Mavzuga oid