O‘zbekiston | 12:23 / 21.08.2018
27005
2 daqiqa o‘qiladi

O‘quv mashg‘ulotlari uchun soatbay haq o‘rta hisobda 7 foizga oshirildi

15.08.2018 yilda 3054-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjat bilan ta'lim sohasida mehnatga soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, avvalgi soatbay haq to‘lash miqdorlari (18.01.2018 yilda 2965-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) o‘z kuchini yo‘qotdi.

1. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur muassasalarda tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari:

2. Umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lash miqdorlari:

3. Umumta'lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta'limi ustalarining soatbay haq to‘lash miqdori – 15 581,2 so‘m.
 
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash 2018 yil 15 iyuldan boshlab ko‘rsatilgan miqdorlarda amalga oshiriladi. 


 
Hujjat 16.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mavzuga oid