MIB rahbariyati iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinişiça, körilgan çora-tadbirlar natijasida 2025 yilning ötgan davrida jami 3,6 trillion sömlik undiruvlar amalga oşirilgan bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 460 milliard sömga oşganini körsatmoqda.
MIBning hududiy boşqarmalarida axborot texnologiyalari yordami bilan muqobil ravişda va masofaviy işlayotgan 15 ta tumanlararo bölimlari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oşirilmasdan hamda fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmasdan 95,5 milliard sömlik (238,4 mingta) hujjatlarning ijrosi ta’minlandi.
Hozirda byuro organlari tomonidan ijro etiş jarayonini yanada raqamlaştiriş böyiça çora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ijro hujjatlari böyiça ijro işi qözğatilgani va qöllangan çeklovlar töğrisida qarzdorlarni ogohlantiriş tizimi takomillaştirilib, 9,9 milliontadan ortiq SMS-xabarnomalar jönatildi.







