Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi ko‘prikning qulashi videoga tushib qolgan
Internetda avtomobil ko‘prigining qulab tushishi tasvirlangan, Genuyadagi shahar kameralari tomonidan olingan video paydo bo‘ldi. Kadrlar YouTube’dagi La Repubblica nashri kanali tomonidan e'lon qilindi.
Genuyada uzunligi taxminan 200 metr bo‘lgan avtomobil ko‘prigining bir qismi 14 avgust kuni qulab tushdi. Natijada, o‘nlab yengil avtomobillar va bir nechta yuk mashinasi vayronalar ostida qolib ketdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 43 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, qutqaruvchilar Genuyadagi ko‘prikning yana bir qismi tayanch ustunlarisiz qolgani tufayli turar-joy binolariga qulab tushishi mumkinligidan ogohlantirishdi.
Qulashga nima sabab bo‘lgani hali ham noma'lum. Bir versiyaga ko‘ra, hodisa kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan. Genuya prokurorining so‘zlariga ko‘ra, bu inson xatosi tufayli yuz bergan.
Mavzuga oid
13:59 / 03.10.2024
Piskentda ko‘prik qulashi: Yuk mashinasi 98 tonna ortiqcha yuk bilan harakatlangan
22:42 / 02.10.2024
Toshkent viloyatida ko‘prik qulab tushdi
11:58 / 27.09.2024
Andijonda sel oqizgan ko‘prik 21 oktyabrga qadar qurib bitiriladi - Bekzod Hidoyatov
19:44 / 26.09.2024