Sport | 17:44 / 23.08.2018
14396
2 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Haydarov: «Endi oson raqib qolmadi»

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlari nimchorak finalida Hongkongga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugun g‘alabaga haqli edik. O‘yinni ilk daqiqalaridanoq nazorat qildik va o‘yin davomida ustunlikni boy bermadik.

Oltin medal sari yana bir qadam tashladik. Bundan buyog‘iga oson raqib bo‘lmaydi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz»

Guruh bosqichida Bangladesh, Tailand va Qatar olimpiyachilariga qarshi o‘yinlarda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi jami 10 gol urdi va darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Hongkongga qarshi o‘yindan keyin bu ko‘rsatkich 13:0 ko‘rinishiga keldi. 

Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda Janubiy Koreya—Eron juftligi g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid