O‘zbekistonda “Baliq ishlab chiqaruvchi” DUK tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 apreldagi PQ-3657-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan.
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni 5 nafardan iborat bo‘lgan “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi tashkil etilmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashiga, zarurat bo‘lganda, Direktsiyaning tuzilmasi va xodimlari soniga investitsiyalar hajmi va loyihalar sonidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Belgilab qo‘yilishicha, “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi yillar uchun rivojlanish davlat dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda ularga “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasining muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar kiritilishini nazarda tutadi.
Toshkent viloyati hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasida baliq yetishtirishni yanada rivojlantirish, investorlarni jalb etish va ularni joylashtirish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksiga kiritadi;
kelgusi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish sharti bilan 2018-2020 yillar davomida Direktsiyaga mahalliy byudjyetning qo‘shimcha manbalari hisobidan asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratadi;
ikkita avtotransport vositasi, jumladan bitta yengil va bitta yo‘l tanlamaydigan avtomobil xarid qilish uchun zarur mablag‘lar, shuningdek, ularni saqlash uchun limit ajratadi;
bir oy muddatda Direktsiyani Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Qo‘rg‘oncha qishlog‘i “Baliqchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024