Sport | 14:00 / 24.08.2018
12402
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonda o‘ninchi kumush

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga o‘ninchi kumush medal kelib tushdi.

Musobaqada velosport bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Murodjon Xolmurodov finalda 40 km masofani 57:10.52 daqiqada bosib o‘tdi va 16 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etib, Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindoriga aylandi. Oltin medal qozog‘istonlik sportchi Aleksey Lutsenkoga nasib etdi, yaponiyalik Fumiyaki Beppu uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi medallarining umumiy soni 21taga yetdi. Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar umumiy reytingda 4ta oltin, 10ta kumush va 7ta bronza bilan o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid