Özbekistonda ilk bor erkaklar va ayollar örtasida velosportning şosse turi böyiça Xalqaro velosipedçilar ittifoqi (UCI) taqvim rejasiga kiritilgan “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” köp kunlik xalqaro musobaqalariga start berildi. Unda Özbekiston terma jamoasi bilan birga dunyo böylab saralangan 120 nafar velosportçi kuç sinaşyapti. 

Musobaqada özbekistonlik sportçilar yuqori natijalarni qayd etişni boşlaşdi. Jumladan, 10 km masofada xotin-qizlar örtasida bölib ötgan poygada milliy terma jamoa a’zosi Olga Zabelinskaya 1-örin, Yana Kuskova 2-örin, Misyurina Margarita 5-örinni qölga kiritdi. Natijada sportçilar 85 reyting oçkosiga ega bölişgan.  

10 km masofada erkaklar örtasida ötkazilgan poygada esa Özbekiston milliy terma jamoa a’zosi Uluğbek Saidov 1-örinni, Behzod Raximboyev esa 3-örinni egalladi. Bu orqali ular 70 reyting oçkolariga ega çiqişdi.

Köp kunlik musobaqa davom etmoqda.