Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAlik sarmoyachilar Toshkentda bolalar markazi qurmoqchi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
BAAning Warehouse of Games kompaniyasi Toshkentning Yakkasaroy tumanida bolalar uchun ta'lim-bilim, sport va o‘yingoh markazi qurish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkent hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent hokimiyatida o‘tgan muzokaralarda sarmoyachilar loyihaga 4 mln dollar kiritish istagini bildirishgan.
Bolalar markazi 0,4-0,5 gektar maydonda barpo etilib, 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy va madaniy rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, markazda 35 ta doimiy ish o‘rni tashkil etiladi.
Markazni 2019 yil oxirida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
13:40 / 20.05.2026