Poytaxt YHXB holat yuzasidan tezkor örganiş ötkazgan. Maşina topilib, haydovçining şaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bölişiça, holat 9 martga ötar keçasi Sergeli tumani hududida sodir bölgan. 

Mercedes-Benz maşinasiga “migalka” qöyib, yuqori tezlikda harakatlangani uçun haydovçiga nisbatan tegişli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Maşina esa vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirilgan.

Idora e’lon qilgan videoda haydovçi qilgan xatti-harakati uçun uzr söragan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda BMW haydagan maktab öquvçisi yöl-patrul xodimini urib ketgan va hodisa oqibatida xodim vafot etgandi. Şundan söng Özbekiston böylab keng kölamli reydlar boşlandi. 

Xususan, 26 fevraldan 3 martgaça ijtimoiy tarmoqlarda yöl bezoriligi aks etgan jami 107 ta videolavha aniqlangan. Bu videolar asosida 66 nafar haydovçiga nisbatan bayonnomalar rasmiylaştirilib, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylaştirilgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)