Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana bir guruh yoshlar YTH sodir etdi
Yosh haydovchi Nurafshon–Labzak chorrahasida Captiva boshqaruvini yo‘qotib, ustunga urilgan. “Mashinadan 4 ta maktab bolasi tushib keldi, ruldagi bola oq formada edi”, deydi hodisa guvohlaridan biri. Avvalroq maktab o‘quvchisi BMWda YPX xodimini urib ketganidan keyingi reydlarda respublika bo‘ylab 7 kun ichida 66 nafar voyaga yetmagan shaxs mashina boshqarib yurgani aniqlangan edi.
7 mart kuni Toshkent shahrining Nurafshon va Labzak ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda jamoatchilik faoli Anvar Nazrulloh Facebook sahifasida xabar berdi.
“Mana shu avariya shundoqqina ko‘z o‘ngimda sodir bo‘ldi. Nurafshon ko‘chadan uchib kelgan mashina Labzak chorrahasida o‘zini eplolmay ustunga urildi. Mashinadan esa 4 ta maktab bolasi tushib keldi. Ruldagi bola oq formada edi. Shuncha gap-so‘z boshqa sayyorada bo‘layapti, bular esa boshqa sayyorada yashaydi”, – deya yozdi u.
Avvalroq xususiy maktab o‘quvchisi BMW avtomobilini boshqarib, yo‘l-patrul xodimining o‘limiga sabab bo‘lgan, shundan keyin Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati respublika bo‘ylab kuchaytirilgan reydlar o‘tkaza boshlagandi.
Bu reydlar davomida 26 fevraldan 4 martgacha bo‘lgan davrda 7713 ta qo‘pol yo‘l qoidabuzarligi aniqlanib, 5300 ta mashina jarima maydoniga qo‘yilgan. Huquqbuzarlar orasida 66 nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026