Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga amaliy tashrif bilan boradi
Joriy yilning 27-28 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga amaliy tashrif bilan boradi. U Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti ishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston rahbari MDH davlat rahbarlarining Dushanbe sammitida ishtiroki bilan bir qatorda, ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi, deya xabar beradi «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga asosan.
Sammitda MDH davlatlarining boshqa rahbarlari ishtirok etishi masalasi ishlab chiqish bosqichida turibdi.
O‘tgan yilning oktabr oyida Sochida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari sammitida Hamdo‘stlikda raislik qilish Rossiya Federatsiyasidan Tojikistonga o‘tdi.
Dushanbe sammitida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish chora-tadbirlari davlatlararo dasturi, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanishi kutilmoqda.
Sammitda MDHdagi raislik Tojikistondan Turkmanistonga o‘tadi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025