22:35 / 29.08.2018
20498

Tailandlik bokschi yengilmas Meyvezer rekordini ortda qoldirdi 

Foto: BANGKOK POST

Tailandlik bokschi Vayenxong Menayotin professional ringda birorta mag‘lubiyatga uchramay, 51-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 32 yoshli sportchi bu borada amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning rekordini yangiladi. 

Menayotin 29 avgustda filippinlik Pedro Tadurana mag‘lub qilib, 47,62 kggacha vazn toifasida WBC chempionlik kamarini himoya qila oldi.

Menayotinning hisobida 51 ta jangdan 51 ta g‘alaba bor. Amerikalik esa faoliyatida 50 ta jangdan 50 tasida zafar quchib, hamyurti Rokki Marchianoning mag‘lubiyatsiz janglar bo‘yicha rekordini yangilagandi. Marchiano 1940 yildan 1950-yillargacha bo‘lgan davr ichida ketma-ket 49 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. 

Menayotin 2014 yil noyabrda WBC chempioni kamarini yutgan. Bokschi barcha janglarini ona vatani – Tailandda o‘tkazgan.

Mavzuga oid
Top