Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes eng nufuzli rossiyaliklar reytingini tuzdi. Alisher Usmonov nechanchi o‘rinda?
Foto: Bloomberg
Forbes nufuzli rossiyaliklarning birinchi reytingini tuzib chiqdi. U 100 nafar eng nufuzli mansabdor, tadbirkorlar, top-menejyerlar hamda kuch tuzilmalari vakillarini o‘z ichiga oldi.
Birinchi o‘rinni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ikkinchi pog‘onani «Sberbank» boshqaruvi raisi German Gref, uchinchi o‘rinni «Gazprom» boshqaruvi raisi Aleksey Miller egalladi.
Ilk o‘nlikka Igor Sechin ( «Rosneft»), Dmitriy Medvedev (Rossiya bosh vaziri) Vladimir Bogdanov ( «Surgutneftegaz»), Elvira Nabiullina (Rossiya banki), Aleksandr Bortnikov (FXX), Oleg Belozyorov (RTM) va Vagit Alekperov («Lukoyl») kiritilgan.
USM Holdings asoschisi va egasi Alisher Usmonov 31-o‘rindan joy oldi, u mudofaa vaziri Sergey Shoygu (30) va «Yevroxim» egalaridan biri Andrey Milnichenko (32) o‘rtasida qayd etildi.
Reytingga Rossiya Liberal demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy yakun yasab berdi.

Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026