Rossiya hukumati keksayib borayotgan Vladimir Putinning umrini uzaytiriş texnologiyalarini izlaşga qaratilgan 26 milliard dollarlik keng kölamli dasturni işga tuşirdi, deb yozdi The Wall Street Journal.

Ta’kidlanişiça, prezidentning qizi Mariya Voronsova va Putinning dösti, Kurçatov instituti rahbari Mixail Kovalçuk boşçiligidagi loyiha doirasida olimlar töqimalarni bioprinterlaş, gen terapiyasi yordamida hujayra qarişini sekinlaştiriş ustida işlamoqda, şuningdek, genetik jihatdan özgartirilgan mini-çöçqalar içida odamga köçirib ötkaziş uçun organlarni östirişga harakat qilmoqda.

Birinçi şunday çöçqa 2030 yilga borib paydo bölişi kerak. Kreml Putinning beşinçi muddati boşlanganidan keyin boşlagan va budjetdan moliyalaştiriladigan «Soğliqni saqlaşning yangi texnologiyalari» milliy loyihasi ham şu muddatga möljallangan.

WSJ ta’kidlaşiça, 73 yoşli Putin va uning atrofidagilar hayotni uzaytiriş va biotexnologiyalarga katta qiziqiş bildiryapti. Xususan, Putin Xitoy raisi Si Jinping bilan suhbatda umrboqiylik va organlarni almaştiriş mavzusini kötarib, bu orqali hayotni 150 yilgaça uzaytiriş mumkinligini ta’kidlagan.

Avvalroq Putin krioterapevtik amaliyotlarga ham qiziqqan va hatto Avstriyaning öşa paytdagi kansleri Sebastyan Kursga tanani yoşartiriş uçun öta past haroratli kriokamerani sinab körişni tavsiya qilgan edi, deb yozdi WSJ.

Rossiyalik olimlar ikkita asosiy yönalişga e’tibor qaratmoqda: bioprint (tirik töqimalar va organlarning 3D-bosmasi) va ksenotransplantatsiya - hayvonlar tanasida odamga mos keladigan genetik jihatdan özgartirilgan organlarni östiriş. Ayrim tajribalarda siçqonning toğay töqimasi va qalqonsimon bezining bioprinti haqida da’vo qilingan. Kreml matbuot xizmati WSJ naşriga Rossiyada bu sohada bir qator ilmiy dasturlar böyiça işlar olib borilayotgani va loyihalar davlat tomonidan qöllab-quvvatlanayotganini tasdiqladi.

Loyihani boşqarayotgan Putinning eng yaqin döstlaridan biri Kovalçuk avvalroq ilm-fan kelajakda inson tanasi qismlarini «ta’mirlaş» va almaştiriş hamda inson umrini uzaytiriş imkonini berişi mumkinligini aytgan edi.