Forbes nufuzli rossiyaliklarning birinçi reytingini tuzib çiqdi. U 100 nafar eng nufuzli mansabdor, tadbirkorlar, top-menejyerlar hamda kuç tuzilmalari vakillarini öz içiga oldi.
Birinçi örinni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ikkinçi poğonani «Sberbank» boşqaruvi raisi German Gref, uçinçi örinni «Gazprom» boşqaruvi raisi Aleksey Miller egalladi.
Ilk önlikka Igor Seçin ( «Rosneft»), Dmitriy Medvedev (Rossiya boş vaziri) Vladimir Bogdanov ( «Surgutneftegaz»), Elvira Nabiullina (Rossiya banki), Aleksandr Bortnikov (FXX), Oleg Belozyorov (RTM) va Vagit Alekperov («Lukoyl») kiritilgan.
USM Holdings asosçisi va egasi Alişer Usmonov 31-örindan joy oldi, u mudofaa vaziri Sergey Şoygu (30) va «Yevroxim» egalaridan biri Andrey Milniçenko (32) örtasida qayd etildi.
Reytingga Rossiya Liberal demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy yakun yasab berdi.













