Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an S-400 bo‘yicha qarordan qaytmasligini bildirdi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z mamlakati Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilish niyatida ekanini tasdiqladi. Bu haqda u NTV telekanali efirida aytib o‘tdi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Turkiya hududidan raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini Turkiyaga Suriyadan raketalar qulay boshlagach olib chiqib keta boshladi. Uning ta'kidlashicha, Anqaraga bunday tizimlar kerak, lekin AQSh ularni sotmaslikka qaror qildi.
«Biz bu masalani o‘z kuchimiz bilan hal qilmoqchi bo‘lganimizda, ular bizga to‘siqlar keltirib chiqardi. Turkiyada S-400’ga ehtiyoj bor, bu shartnoma bilan masala qilingan», - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar tomoni Turkiya 900 mln dollar to‘lab bo‘lgan 120ta F-35 samolyotlarini yetkazib berishni to‘xtatishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Erdo‘g‘andan hafsalasi pir bo‘lganini tan olgandi.
Mavzuga oid
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:13 / 12.05.2026
Rossiyada real daromadlar o‘sishi keskin sekinlashdi
08:52 / 12.05.2026
The Economist: Ukraina urushda tashabbusni Rossiyadan tortib oldi
22:53 / 11.05.2026