Iqtisodiyot | 13:28 / 01.09.2018
6861
2 daqiqa o‘qiladi

Aktsiz solig‘i bo‘yicha hisobotga qo‘shimcha kiritildi

Foto: Depositphotos

Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Qat'iy stavkalar qo‘llaniladigan aksiz solig‘i hisob-kitobi 17-ustun «Soliq to‘lovchi ixtiyorida qoldiriladigan aksiz solig‘i summasi» bilan to‘ldirildi.
 
Unda soliq to‘lovchining ixtiyorida qoldirish mumkin bo‘lgan aksiz solig‘i summalari aks ettiriladi. Ushbu ustunni aksiz solig‘i bo‘yicha maqsadli imtiyozlar berilgan korxonalar to‘ldiradi.
 
Maqsadli foydalanish deganda soliq hisoblanishi, biroq byudjyetga to‘lanmay, korxona ixtiyorida qoldirilishi va imtiyozlarni berish chog‘ida belgilangan maqsadlar uchungina foydalanilishi kerakligi tushuniladi. Bunday korxonalar sirasiga, masalan, «O‘ztransgaz» AK, «O‘zneftmahsulot» AJning neftni qayta ishlash zavodlari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar kiradi.
 
Bunda 16-ustunda aks ettiriladigan summa musbat qiymatga ega bo‘lishi kerak.
 
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid