Sport | 23:25 / 01.09.2018
5010
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya 2032 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga ariza bermoqchi

Foto: REUTERS/Beawiharta

Indoneziya 2032 yilgi yozgi Olimpiadani o‘tkazishga ariza bermoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Joko Vidodo Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

“2018 yilgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda orttirgan tajribamiz evaziga Olimpiadani qabul qilishga tayyormiz”, deb aytgan Vidodo.

Uning aytishicha, xalqaro sport funktsionerlari Jakarta va Palembangda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni juda yuqori baholashgan.

O‘z navbatida XOQ prezidenti “Indoneziya 2032 yilgi Olimpiadani o‘tkazish huquqini olishga yuqori imkoniyatlarga egaligini” aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid