Adliya vazirligi Umra plyus ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga subsidiya ajratiş tartibi töğrisidagi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.

Nizomga köra, Malayziya va Indoneziyadan umra ziyoratiga yöl olgan yoki undan qaytayotgan har bir sayyoh uçun mahalliy turoperatorlarga 100 AQŞ dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Subsidiya oliş istagida bölgan turoperatorlar Turizm qömitasiga Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilişlari mumkin.

Subsidiya oliş uçun ariza topşiriş va uni körib çiqiş bepul amalga oşiriladi. Ariza Turizm qömitasi tomonidan 10 iş kuni davomida körib çiqiladi.

Agar subsidiya ajratiş töğrisida qaror qabul qilinsa, pul mablağlari talabgorga 5 iş kuni içida ötkazib beriladi.

Subsidiya quyidagi şartlar asosida beriladi: sayyoh Malayziya yoki Indoneziya fuqarosi bölişi, Saudiya Arabistoniga umra safariga ketayotgan yoki undan qaytayotgan bölişi hamda Özbekistonda kamida 3 keça tunab qolgan bölişi kerak.

Mazkur subsidiyalar 2026 yil 31 dekabrga qadar ajratiladi.