Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov Shavkat Mirziyoyevga tashakkurnoma yo‘lladi
O‘zbekiston delegatsiyasi 2 haftadan buyon davom etayotgan turnirda 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 medal oldi va umumiy reytingda beshinchi o‘rinni band etdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo o‘yinlaridagi yuqori natijalardan keyin mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tashakkurnoma yo‘lladi.
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetib bormoqda. Ushbu musobaqa O‘zbekiston sporti uchun har tomonlama muvaffaqiyatli o‘tdi. Biz barcha jabhalarda rekordlarni yangiladik. Medallar soni bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham o‘zbek sporti tarixidagi eng yaxshi Osiyo o‘yinlari bo‘ldi. Qolaversa, musobaqa davomida sizning farzandlaringiz Osiyo o‘yinlari rekordlarini ham yangilashdi. Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo‘yicha uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylanish bilan bir qatorda, 2010 yilda o‘zi o‘rnatgan rekordni yangilay oldi. Shuningdek, Ruslan Nurutdinov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining yangi rekordchisiga aylandi. Qolaversa, Vadim Menkov baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha to‘rt karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Bu borada Vadim o‘zbekistonlik sportchilar ichida ushbu natijaga erishgan birinchi sportchi bo‘ldi.
Jakarta va Palembang shaharlarida farzandlaringiz sharafiga 21 marotaba Ona vatanimiz madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz sarbaland ko‘tarildi. Osiyo o‘yinlari davomida 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 70ta medalga ega chiqdik va Osiyo o‘yinlari tarixida o‘zbek sporti uchun yangi sahifa ochdik.
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Ushbu yutuqlar zamirida Sizning sportchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rligingiz, yaratib bergan sharoitingiz, biz sport ahliga ko‘rsatgan yuksak e'tiboringiz yotibdi. Biz bundan juda ham minnatdormiz. Jakarta va Palembangda vatan sha'ni uchun kurashga chiqqan har bir farzandingiz qalbida chuqur iftixor tuyg‘ularini his qilgan holda jangga kirishdi va yakunda O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Shu orqali o‘zbek sportchilari Eng ulug‘, Eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 27 yillik tantanalariga xalqimiz va shaxsan Siz uchun ajoyib sovg‘a tayyorlashdi.
Kuni kecha bayram nutqida sportchi yoshlarimiz va ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari tomoniga yo‘llagan iliq va samimiy fikrlaringiz sportchilarimizni shu qadar ruhlantirdiki, ular musobaqaning so‘nggi kunida matonat va mardlik namunasini namoyish etib, bir kunda 6ta oltin, 5ta kumush va 2ta bronza medaliga ega chiqa olishdi va medallarimiz sonini umumiy hisobda 70taga yetkazishdi. Bu natija orqali biz o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdik.
Fursatdan foydalanib, Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan barcha farzandlaringiz, butun mamlakatimiz sport oilasi, Olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan Sizga chuqur minnatdorchilik izhor etishga ijozat bergaysiz.
Bizga ko‘rsatilgan yuksak e'tibor, yaratib berilgan sharoitlardan behad minnatdormiz. Bu yutuqlar eng avvalo Sizniki, xalqimizniki, har bir yurtdoshimizniki! Biz buni juda ham qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Nasib qilsa, Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlarida ham qaddimizni baland tutishga, millionlab yurtdoshlarimizni oltin va kumush medallar bilan xursand qilishga, jonajon diyorimizni butun dunyoga yanada mashhurroq qilishga so‘z beramiz. Barchasi uchun rahmat Sizga, Shavkat Miromonovich!
Hurmat bilan,
Umid Ahmadjonov
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025