O‘zbekistonda avtoklav gazobeton bloklari tayyorlovchi korxona tizimi ishga tushirilishi kutilmoqda
Germaniyaning Wehrhahn GmbH kompaniyasi prezidenti Klaus Bonemann 29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan xalqaro investitsiya forumida avtoklav gazobeton bloklari tayyorlovchi korxona tizimini O‘zbekistonda yaratish haqida gapirib o‘tdi.
«Biz ana shunday tizimni ishga tushirish ustida ish olib boryapmiz. Loyiha qiymati 130 million dollarga teng. Ushbu loyihani turk, nemis va o‘zbek mutaxassislari hamkorlikda amalga oshirishi nazarda tutilgan», deydi.
Ma'lum qilinishicha, loyihaning keyingi bosqichida korxonalar soni 12taga yetkazilib, respublikaning har bir hududida qurilishi rejalashtirilmoqda.
Qurilish materiallardan biri hisoblangan avtoklav gazobeton bloklari iqlim va tabiat injiqliklariga chidamli, haroratni bir me'yorda ushlab turish xususiyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro forumda Jizzax viloyatining sanoat salohiyati haqida ham gapirildi.
Mavzuga oid
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi
16:00 / 22.08.2024
Way II’ning ilk investitsiya to‘plami qariyb 105 milliard so‘mga sotildi
01:05 / 16.08.2024