Light | 18:01 / 03.09.2018
35741
3 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramizning o‘rganilmay qolgan joylari haqida bilasizmi?

Uzoq fazo olamini o‘rganishga tayyorlanayotgan zamonaviy insoniyat ulkan kashfiyotlar qilmoqda. Biroq hali ham o‘z Yerini oxirigacha tadqiq eta olmadi. Ma'lum bo‘lishicha, sayyoramiz xaritasida «oq dog‘lar» sifatida qolgan joylar hali ham mavjud.

Grenlandiya oroli

Shimoliy orolning uzoqligi va keskin iqlimi uning hududini batamom o‘rganish imkonini bermaydi. Qiyinchiliklar doimiy sovuq va Grenlandiya yuzasini 80 foizini qoplagan muz «qalqoni» mavjudligi bilan bog‘liq.

Kolumbiya tog‘lari

Kamdan kam ekspeditsiya shimoliy Kolumbiya tog‘larini o‘rganishga qaror qiladi. Bunday qo‘rqmas qadamga faqat eng fidokor olimlar jasorat ko‘rsatishi mumkin. U yerda narkotik moddalari bilan savdo qiluvchilar bor: g‘orlar bilan «kesilgan» tog‘larda huquqni himoya qilish vakillari kuzatuvidan uzoqlashish mumkin. Tog‘ tizmasi bo‘ylab sayohatdan qaytib kelganlardan kamchiligi u yerda hayvonot va o‘simlik dunyosining betakror vakillari mavjudligi haqida gapirib beradilar.

Amazoniya o‘rmonlari

Kartograflar Amazonka hududi atrofining aniq chizmasini chizishdan mamnun bo‘lardilar. Biroq ularning yo‘lida – sayyoradagi o‘tib bo‘lmas, eng zich o‘rmonlardan biri joylashgan. Bu yerda tashqi sivilizatsiyadan xabari bo‘lmagan yovvoyi qabilalar ham yashaydi.

Papua – Yangi Gvineya

Yangi Gvineya orolining bu qismini to‘liq o‘rganish yovvoyi va ba'zida qonxo‘r papuaslarning mavjudligi sabab imkonsiz. Ular kannibalizmni qo‘llashga ham qarshi emaslar. Bunday istiqbolga qanday olim «xursand» bo‘lardi?

Tristan-da-Kunya arxipelagi

Britaniya dengiz orollarida aholi yashamaydi. Orollardan faqat biri odam yashashi bilan «faxrlanishi» mumkin. Ular ham katta yer bilan bir oyda bir marta – baliq kemasining kelish-ketish vaqtida uchrasha oladi.

Gankar Punsum tog‘ qoyalari

Tibetning qoyalariga faqat alpinistlar chiqib, tadqiq eta oladi. Biroq hududning tegishliligi borasidagi sust jarayonlar tufayli bunga ruxsat ololmaydi. Gankar Punsum tog‘lari Xitoy, Tibet, Butan mamlakatlarini o‘ragan.

Marian chuqurligi

Bu yerga tushish juda mushkul: u juda chuqur. Olimlar uning sirini ochishga ulgurishmagan. Rejissyor Jyeyms Kemeron u yerga ilk borganlardan.

Mavzuga oid