O‘zbekistonga uchuvchisiz uchish apparatini olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanish taqiqlangan. Mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.
Yaqinda “Qarshi” xalqaro aeroportiga “Moskva-Qarshi” yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro B. J. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganda, uning harakatlari shubha ostiga olinib, bagaj va qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda bir dona Xitoyda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib o‘tayotganlik holati fosh bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xuddi shunday holat “Urganch” xalqaro aeroportida ham sodir etildi. “Sankt-Peterburgdan uchib kelgan fuqaro Sh.N. bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tayotib, 3 dona uchuvchisiz uchish apparatini yashirincha olib kirayotganda to‘xtatib qolindi.
Bu “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan joriy yilda aniqlangan uchuvchisiz uchish apparatlarini olib o‘tish bilan bog‘liq beshinchi huquqbuzarlik holati hisoblanadi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022