Jahon | 21:53 / 04.09.2018
7366
1 daqiqa o‘qiladi

Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi

Foto: AFP 2018 / Leon Neal

Amazon onlayn-riteyleri kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshdi va avgust oyi boshida Apple korporatsiyasi erishgan natijani takrorladi.

Amazon aksiyalari 1,2%ga — har bir aksiya narxi 2036,95 dollargacha ko‘tarildi. Mazkur kotirovkalardan kelib chiqib, butun kompaniyaning qiymati 1 trillion dollardan oshdi. 

Amazon kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshgan ikkinchi kompaniyaga aylandi. 2 avgust kuni Apple korporatsiyasi ana shunday natijaga erishgandi.

Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, Amazon kompaniyasi asoschisi va rahbari Jyeff Bezos dunyoning eng boy kishisi hisoblanadi.

Mavzuga oid