Jahon | 11:09 / 04.09.2018
9410
2 daqiqa o‘qiladi

Makron o‘z ishidan nolidi 

Foto: Le Figaro

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiyaning Laval shahridagi Jyul Renar kollejiga tashrifi vaqtida o‘quvchilarga o‘z ishining murakkabligidan nolidi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.

Makronning ma'lum qilishicha, demokratik mamlakatda prezident hech qanday imtiyozga ega emas. «Menimcha, bu baribir sharaf. Ba'zi paytlarda bu imtiyoz ko‘rinadi, ba'zida esa aksincha. Yengil kunlar bo‘ladi, og‘ir damlar ham ko‘p uchraydi», - deya ta'kidlab o‘tdi davlat rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezidentlik kasbi emas. «Prezident - tanlangan shaxs, bu mandat. Bu yerda har qanday kasbda bo‘lgani singari ko‘nikmalar ham zarur, ammo bu, albatta, kasb degani emas», - deya xulosa qilgan Fransiya yetakchisi.

Makronning prezidentlik lavozimiga nisbatan pozitsiyasi o‘zidan oldingi davlat rahbarlarining fikridan juda katta farq qilmaydi, deb yozmoqda Le Figaro. Bundan avval ishi qiyin ekani haqida Fransua Olland va Nikolya Sarkozi ham aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron Putinning orzusi haqida ma'lum qilgandi

Mavzuga oid