Eski yöl 1959 yilda qurilgan bölib, okean va tik vulqon qoyalari orasidan ötadi. Undan kuniga 80 mingga yaqin maşina foydalanadi, ammo siklonlar, kuçli tölqinlar va toş köçişlari sababli yöl juda xavfli hisoblanadi.

Şuning uçun muhandislar yölni qoyalardan uzoqroqqa — okean tomonga çiqarişga qaror qilgan. Loyihada dambalar va uzun viaduklar quriş rejalaştirilgan. Asosiy qism — 5,4 kilometrlik Grand-Şalup viaduki bölib, u Fransiyadagi eng uzun köprikka aylangan.

Biroq loyiha jiddiy muammolarga duç keldi. Dambalar uçun kerakli toş hajmi avval taxmin qilinganidan ança köp bölib çiqdi. Karerlar oçilişiga esa mahalliy aholi va ekologlar qarşi çiqdi. Sud ham ayrim karerlarni taqiqladi. Şu sababli quriliş sekinlaşdi.

Loyiha qiymati 2 milliard yevrodan oşib ketgan. 2021 yilda ayrim beton himoya bloklari notöğri örnatilgani ham ma’lum böldi. 2022 yilda hukumat qolgan qismni damba emas, balki yana viaduk sifatida qurişga qaror qildi.

Hozirça yöl töliq bitmagan. Ayrim uçastkalar oçilgan, ammo haydovçilar hali ham xavfli eski yöldan foydalanişga majbur. Asosiy quriliş 2027 yilda boşlanişi, loyiha esa 2030 yilda yakunlanişi rejalaştirilgan.
 

Grande Çalup Viadustga tayançlar örnatilmoqda /© Bouygues
Töğon quriliş maydonçasi / © Bouygues