09:04 / 05.09.2018
6581

Britaniya shaharlari politsiya uchastkalarisiz qoldi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyada bir nechta shaharlar politsiya uchastkalarisiz qoldi, boshqalarida esa ularning soni sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sakkiz yil mobaynida byudjyet qisqartirilishini nazarda tutuvchi dasturni tufayli 600dan ortiq uchastka yopildi. Ba'zi shaharlarda ularning yarmidan voz kechishga to‘g‘ri keldi, boshqalarida esa, ular rasmiy ravishda bo‘lsa ham, eshiklar tashrif buyuruvchilar uchun yopiq holda turibdi.

Politsiyaning shaxsiy bo‘linmalari, xususan, 89 mingga yaqin aholiga ega Bat va 140 ming kishilik Sent-Olbans shaharlarida yopildi. Ikkinchisida ofis 2015 yilda yopilgan va aholining murojaatlari bepul dispetcherlik raqamiga yuboriladi. Glostershir grafligida 28ta uchastkadan faqat yettitasi qoldi.

Ta'kidlanishicha, hatto London politsiyasi ham 2010 yildan boshlab 600 million funt (666,5 million yevro) miqdorida mablag‘ni tejash uchun mulk va binolarni sotgan. Biroq, uning vakili so‘zlariga ko‘ra, xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarga qaramay, burilish nuqtasi yaqin qoldi. «Bizda sotadigan boshqa hech narsa yo‘q. Vaziyat chindan ham tashvishli», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

O‘z navbatida, Temza vodiysi politsiyasining fikricha, zarar keltiradigan uchastkalarni yopish ko‘p narsaga ta'sir o‘tkazmaydi, sababi ofis noutbuk va telefonlar bilan istalgan joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, taxminan 100 ming oddiy xodim manfaatlarini ifodalovchi Politsiya federatsiyasidan ko‘rsatishlaricha, sodir bo‘layotgan voqealar aholini jiddiy tashvishga solmoqda.

Top