O‘zbekiston | 17:59 / 06.09.2018
33394
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev “Afrosiyob” tezyurar poyezdida Shahrisabzga yo‘l oldi 

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahriga yetib keldi. Davlat rahbari “Afrosiyob” tezyurar poyezdida Shahrisabzga yo‘l oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrida bo‘ladigan Xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani xabar berilgandi.

Shahrisabz shahrida prezident tashabbusi bilan 6-10 sentabr kunlari I Xalqaro maqom forumi o‘tkazilmoqda. 

Mavzuga oid