«O‘zavtosanoat» ogohlantirish bilan chiqdi
«O‘zavtosanoat» AJ avtomobil sanoatida kompaniya nomi va yangi yo‘nalishini, shuningdek vijdonan faoliyat yuritayotgan fidoyi xodimlarining sha'niga dog‘ tushirayotgan ayrim xodimlarning noqonuniy harakatlarini qoralaydi. Bu haqda kompaniyaning GM Uzbekistan saytida e'lon qilingan bayonotida aytiladi.
«Ana shunday «uddaburon» kishilarning korrupsiya tizimlarini fosh qilish va tugatishni boshidanoq uddasidan chiqyapmiz. Ushbu yo‘nalishda kompaniya O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bilan hamkorlik qilishini, shuningdek, qonunbuzarlik holatlaridan bizni vaqtida ogoh qiluvchi faol va vijdonli fuqarolarga minnatdorchilik bildiradi», - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, turli vajlar bilan GM avtomobillarini xarid qilish chog‘ida qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlari yuzaga kelganda, zudlik bilan (+99871) 141-77-77 raqamlari orqali kompaniyaning yangi call-markaziga murojaat qilish so‘raladi.
Shuningdek bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali avtomobillarini yetkazish muddati kechikayotgani haqida yolg‘on ma'lumotlarni tarqatayotgan soxta akkauntlar ham ko‘paya boshlagani ma'lum qilingan. Kompaniya saytida kunlik ravishda yangilanayotgan rasmiy ro‘yxatga asosan, ana shunday odamlarning postida bo‘rttirilib ko‘rsatilayotgan avtomobil yetkazilishining aniq muddatlarini aniqlash mumkin.
«Ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi postlarga duch kelgan taqdiringizda ushbu ma'lumotlarga ishonmasligingizni va faqatgina kompaniyaning rasmiy manbalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Kompaniya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘layotgan soxta xabarlar sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda. Kompaniya obro‘siga putur yetkazadigan bo‘hton tarqatish bilan shug‘ullanadigan internet-foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma'lumot, tegishli huquq-tartibot organlariga yetkaziladi.
Shuningdek dilerlik markazlarining qonun buzilish holatlarini aniqlagan va uni tekshirilgan faktlar bilan tasdiqlagan fuqarolar kompaniya tomonidan maxsus bonuslar bilan taqdirlanadi», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat»ning 2017 yildagi sof daromadi miqdori ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
15:26 / 10.07.2024
“O‘zavtosanoat” rahbari prezidentga: Xitoyliklar bilan budjet modellar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdik
17:48 / 26.04.2024
12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqariladi
15:05 / 15.04.2024