O‘zbekiston | 12:42 / 07.09.2018
5154
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga tabrik yo‘lladi

Foto: Wikipedia

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 sentabr - Braziliya mustaqilligi kuni munosabati bilan prezident Mishel Migel Elias Temerga tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Har yili 7 sentabr kuni Braziliyada milliy bayram - Mustaqillik kuni (o Dia de Independência do Brasil / Independence Day) nishonlanadi.

7 sentabr kuni Braziliyada rasman dam olish kuni. Braziliyaliklar ushbu bayramga alohida munosabatda bo‘lishadi. Mamlakat poytaxti - Brazilia shahrida - odatda prezident boshchiligidagi mamlakat hukumati ishtirok etadigan bayramona parad bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid