Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron delegatsiyasi Maqom muzeyiga noyob kitob sovg‘a qildi
Eron delegatsiyasi Maqom muzeyiga Eron milliy musiqasi tarixi haqidagi kitobni sovg‘a qildi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi PR-markazi.
Noyob kitob Eronning yetti shahrida yaratilgan. Kitob yuz yillik davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, Eron musiqasining o‘ziga xos jihatlari va uning rivoji bosqichlari haqida hikoya qiladi.
Eron milliy musiqasi haqidagi kitob sakkiz CD-diskni o‘z ichiga jamlagan bo‘lib, ularda 300 dan ortiq noyob treklar yozilgan. Ularning aksariyati grammofon plastinkalardan raqamlashtirilgan.
MAQOM ART xalqaro forumi nafaqat O‘zbekistondagi maqom san'ati bilan sayyohlarni tanishtiradi, balki mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy munosabatlarni yaxshilash yo‘lida ham xizmat qiladi hamda turli sohalarda hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlarni kashf qiladi.
Mavzuga oid
12:06
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
16:47 / 02.06.2026
«Sening toming ketgan» – Tramp Livanga hujum tufayli Netanyahuni qattiq koyidi
21:04 / 01.06.2026