AQŞ qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) amerikalik harbiylar Eronning Kuvayt va Bahrayn böylab uçirgan raketalarini töxtatgani haqida xabar berdi.
AQŞ harbiylariga köra, 3 iyunga ötar keçasi Eron Kuvaytga ikkita ballistik raketa uçirgan, ular nişonga yeta olmagan «yoki parvoz çoğida zararsizlantirilgan». Bahrayn yönalişidagi uçta raketa ham urib tuşirilgan.
Bunga javoban AQŞ harbiylari «öz-özini mudofaa qiliş maqsadida» Eronning Keşm orolida joylaşgan qömondonlik punktiga zarba bergan.
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi raketalar va dronlar orqali Amerikaning mintaqadagi bazalaridan biriga va vertolyotlariga, şuningdek, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Beşinçi operativ floti qömondonlik markaziga (Bahraynda joylaşgan) zarba berganini ma’lum qilgan.
Eron buni AQŞning Keşm orolidagi aloqa minorasiga bergan zarbasiga javob deb atadi.
Reuters Kuvayt davlat agentligiga tayanib xabar berişiça, 3 iyun tongida Eron mamlakat xalqaro aeroportiga hujum qilgan, binoga «jiddiy zarar yetgan». «Al-Jazira» telekanali hujum oqibatida jabrlanganlar borligini xabar qilgan, ammo ularning soniga aniqlik kiritilmagan. Kuvayt aeroporti faoliyati bir kunga töxtatilgan.
Axios naşri yozişiça, AQŞ va Eron vakillari öt oçişni töxtatiş rejimini 60 kunga uzaytiradigan va Eron yadroviy dasturi böyiça muzokaralarni boşlaşga imkon beradigan özaro anglaşuv memorandumi loyihasini kelişib olgan. 1 iyun kuni Eronning Tasnim agentligi Tehron Isroilning «Hizbulloh» obektlari joylaşgan Livanga zarbalari tufayli AQŞ bilan muzokaralardan çiqayotgani haqida xabar berdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp köp ötmay Isroil va Livan bilan özaro hujumlarni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgani va AQŞ-Eron muzokaralari davom etişini ta’minlaganini ma’lum qildi.













