Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda namoyishchilar “Lukoyl”ga tegishli konga hujum qilishdi
Foto: REUTERS
Iroqda namoyishchilar Basra shahri yaqinidagi, “Lukoyl” tomonidan boshqariluvchi “G‘arbiy Kurna-2” koniga hujum qilishdi. Hujum oqibatida kompaniyaning hech bir xodimi jabrlanmagan. Avvalroq OAV tomonidan kompaniya xodimlari garovga olingani haqida berilgan ma'lumot noto‘g‘ri, deb ma'lum qildi vaziyatdan xabardor manba.
“Namoyishchilar haqiqatan ham kon hududiga bostirib kirib, politsiyachilarni do‘pposlashgan, biroq kompaniya xodimlari joylashgan joyga yetib borishmagan. Barcha xodimlar sog‘-omon”, deb ma'lum qilgan manba.
Avvalroq “Al-Arabiya” telekanali namoyishchilar konga hujum qilib, odamlarni garovga olganini ma'lum qilgandi.
Basra shahrida 3 sentabrdan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Aholi hukumatdan ichimlik suvi va elektr ta'minoti bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashni talab qilib, norozilik namoyishlari uyushtirishmoqda. Bu namoyishlar kuch tuzilmalari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketmoqda. 7 sentabrda namoyishchilar Eronning Basradagi konsulligiga o‘t qo‘yishdi.
Mavzuga oid
11:20 / 17.12.2025
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
08:05 / 09.12.2025
AQSh Iroqdagi «Lukoyl» ulushini Amerika kompaniyasiga topshirishni qo‘llab-quvvatladi
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
12:25 / 26.11.2025