Jahon | 12:16 / 08.09.2018
11238
2 daqiqa o‘qiladi

«Novichok»ning «yaratuvchisida» oxirgi bosqichdagi saraton aniqlandi

Foto: Henry Nicholls/Reuters

O‘zini «Novichok» asab-falajlovchi modda yaratuvchilaridan biri sifatida ma'lum qilgan kimyogar Vil Mirzayanovning feysbukdagi sahifasida yozishicha, shifokorlar unda so‘nggi bosqichdagi prostata saratonini aniqlashgan.

Mirzayanovning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar «gormon terapiyasi» yordamida kasallikni davolashni boshladilar. Kimyogarning yozishicha, «ideal holatda» bunday xastalik bilan 15 yildan 25 yilgacha yashash mumkin. Biroq, uning ta'kidlashicha, u «juda sezgir» va ijtimoiy tarmoqlarda postlarni e'lon qilish o‘ziga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

«Ko‘p odamlar intervyu berishni so‘rashmoqda. Afsuski, men ularning iltimoslarini jismonan bajara olmayman. Kechirim so‘rayman», - deb yozadi Mirzayanov.

Olimning ta'kidlashicha, «jangsiz taslim bo‘lmaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Solsberida qo‘llanilgan «Novichok»ning dozasi 4 ming kishini o‘ldirishi mumkin bo‘lgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid