Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy avgustda zaharlangandan keyin yetkazilgan şifoxonada uni ikkinçi marta zaharlaşga urinişgan. Bu haqda Britaniyaning The Sunday Times naşri xabar berdi.
Navalniy 20 avgustda Tomskdan Moskvaga uçayotganda samolyotda mazasi qoçgan. Muxolifatçi oğir ahvolda Omskdagi şifoxonaga yetkazilgan, 2 kun ötib esa davolaş uçun Berlinga olib ketilgan. Şifoxonada muxolifatçiga moddalar almaşinuvi buzilişi taşxisi qöyilgan.
Germaniya hukumati sentyabr boşida Navalniy “Noviçok” guruhiga kiruvçi modda bilan zaharlanganini e'lon qilgan.
Britan naşrining ta'kidlaşiça, muxolifatçini Omskdagi şifoxonada ikkinçi marta zaharlaşga urinişgan. Bu maqsadda Rossiya maxsus xizmatlari şifoxonaning boş şifokori xonasida baza taşkil etgan. Bu haqda Britaniya maxsus xizmatlari xodimlariga germaniyalik hamkasblari ma'lum qilgan.
“Ğarb maxsus xizmatlaridagi manbalarning ma'lum qilişiça, davlat xavfsizlik idoralari xodimlari Navalniyni öldirişga birinçi urinişdan keyin uni Berlindagi xavfsiz joyga yetkazişdan oldin ikkinçi doza zahar bilan yöq qilişga urinişgan”, deb ma'lum qilingan naşrda.
Ta'kidlanişiça, bu uriniş Navalniy Berlinga yölda ölişini hisobga olib amalga oşirilgan.
Maqolada körsatilişiça, muxolifatçini zaharlaşga ikkala uriniş ham Navalniyga “Noviçok”ning antidoti – atropin moddasi kiritilgani sababli yöqqa çiqqan. Unga bu moddani Omsk aeroportidagi tibbiy yordam brigadasi kiritgan. Taxmin qilinişiça, atropin “Noviçok” asab-falajlovçi moddasining ta'sirini yöqqa çiqargan, biroq Navalniyning koma holatini uzaytirgan.
Naşr manbalarining taxmin qilişiça, Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari Navalniy mehmonxona xonasida bölmaganda uning kiyimiga “Noviçok”dan tomizib qöygan bölişlari mumkin.
Öz navbatida Omsk şifoxonasining ötkir zaharlanişlar bölimi boşliği, Omsk oblasti va Sibir federal okrugining boş toksikologi Aleksandr Sabayev britan naşridagi maqolaga izoh berdi.
“Bizga heç bir tomondan heç qanday savol yuzaga kelmagan. Uning (Navalniy) yoniga tibbiy xodimlardan boşqa heç kim kirmagan. Bu ayblov boşidan oxirigaça uydirma. Birlamçi zaharlaş ham, ikkilamçi zaharlaş ham bölmagan”, deb aytgan Sabayev.
Mutaxassis uşbu axborotni muayyan maqsadlar bilan tarqatilayotgan uydirma deb atagan.
Avvalroq The New York Times naşri Navalniy mehmonxonada, söngra aeroportdagi kafeda çoy içganda ikki marta zaharlangan bölişi mumkinligini ma'lum qilgan.

















