U bir neça naşrga intervyu berişga ham ulgurdi. Rossiyalik taniqli jurnalist Yuriy Dud ham Germaniyaga borib, Navalniy bilan katta intervyu uyuştirdi. Suhbat davomida Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi asosçisi bölgan uşbu siyosatçi qanday zaharlangani, samolyotda zaharlanişning dastlabki bosqiçini qanday ötkazgani, davolanişi va boşqa mavzularda gapirdi. U Rossiyaga qaytmasligi ehtimolini qat'iy istisno qildi – vataniga qaytib, kuraşni davom ettirmoqçi.
Samolyotda nima bölgandi?
«Menimça, har kim hayoti davomida özini hozir ölib qoladigandek yomon his qilgan bölsa kerak. Moskvaga qaytayotganda samolyotda men bilan ham şunday böldi. Özimni şunçalik yomon his qildimki, hozir ölib qoladigandek edim. Yonimda ötirgan matbuot kotibim Kiradan men bilan gaplaşişini söradim. U tabiiyki ajablandi va men bilan gaplaşdi, çunki men diqqatimni jamlab olişim kerak edi. Biroq ahvolim yomonlaşdi. Kira nimalardir der, biroq men faqat uning oğzi oçilib yopilayotganinigina anglardim.
Odatda odam özini yomon his qilganda tahlil qilib oşqozoni, boşi, oyoği oğriyotganini yoki şamollaganini taxmin qilişi mumkin. Men esa nima bölayotganini tuşunmayotgandim. Yonimdan samolyot xizmatçisi ötib ketayotganini kördim-da, hozir suv içib olsam, yaxşi bölib qolaman deb öyladim. Keyin yöq, yaxşisi yuvinib olaman deb oyoqyalang hojatxonaga bordim. Bir marta, ikki marta yuvindim, biroz ötirdim. Yana ozroq ötirib yaxşi bölib qolaman deb öyladim, ammo bunday bölmadi. Endi hojatxonadan özim mustaqil çiqa olmasligimni tuşunardim.
Bilasizmi, bu nimaga öxşaydi: Garri Potter filmidagi dementorlarga (xayoliy maxluq). Joan Rouling buni şunday tasvirlagan: dementor seni öpsa, oğriq bölmaydi, ammo hayoting tugayotganini his qilasan». Menda ham xuddi şunday böldi, heç qanday oğriq yöq, lekin ölib qolaman degan xayol miyamni çulğab olgandi.
Hojatxonadan çiqdim va odamlar tizilib turganini kördim. Bort nazoratçisiga «Meni zaharlaşdi, hozir ölaman», dedim va uning oyoği ostiga quladim. U meni jinni bölsa kerak deb öylagandir. U meni tomat soki yoki makarondan zaharlandi deb öylagan. Menga «Biz sizni heç nima bilan zaharlay olmaymiz», deb aytmoqçi ham bölgandir. Bu vaqtda men uning oyoği ostida ölişga tayyorlanayotgandim. Axir butun tanam menga «Aleksey, paymonang töldi», derdi».
Bu omadli tasodif edi
«Omadim kelgani şuki, boşlanişida hamma tartib böyiça qilişi kerak bölgan işni qildi. Uçuvçilarga bemor oğir ahvolda ekanini aytişganda ular paysalga solmay samolyotni pastlatişdi. Feldşerlarga «Bu birodarning çindan mazasi yöq», deb aytişdi va ular tezda atropin (oddiy zaharlanişda qöllanadigan vosita) yuborişdi. Jonlantiriş bölimidagilar kelişdi-da, «Jin ursin, u çindan dozani köpaytirib yuborgan bangiga öxşab yotibdi, aniq zaharlangan, mana unga atropin, uni toksikologik bölimga olamiz», deyişdi. Bir söz bilan aytganda, hayotimni saqlab qolgan narsalardan biri – hamma öz işini töğri bajargani böldi. Afsuski, Rossiyada hamma öz işini töğri bajarişi kutilmaganda omad kelişidan boşqa narsa emas».












